AsosiyJamiyat

“Omikron” shtammi “delta”ga nisbatan tez va oson — ​yapon olimlari

'“Omikron” shtammi “delta”ga nisbatan tez va oson — ​yapon olimlari'ning rasmi

Yapon olimlari COVID-19ning “omikron” shtammi “delta” variantiga nisbatan 4,2 barobar yuqumliroq, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati yozmoqda.

Bunga Janubiy Afrika Respublikasi Gauteng provinsiyasi aholisidan olingan koronavirusning genom ma`lumotlari tahlili asos bo`ldi.

Aniqlanishicha, “omikron” tez va oson yuqadi. Shunga qaramay, yangi mutasiya tufayli gospitalizasiya darajasi yuqori emas. Bu “omikron”ni yuqtirganlarda xastalik nisbatan engilroq o`tayotganini anglatadi.

Yapon olimlarining bu xulosalari hozircha xalqaro ilmiy doiralar tomonidan o`rganilib, tasdiqlangani yo`q.

Shuningdek, avvalroq Rossiyada Janubiy Afrika Respublikasida bo`lib qaytgan ikki nafar fuqaroda "omikron" shtammi aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Sog`liqni saqlash vaziri Mixail Murashko kecha ushbu bemorlar ahvoli haqida ma`lumot berib, kasallik har ikkisida ham engil o`tayotganini ta`kidladi.

Qolaversa, rossiyalik virusolog olim Pyotr Chumakov yangi shtamm haqidagi o`z xulosalarini e`lon qildi. Uning aytishicha, ushbu mutasiyadan himoyalanish uchun organizm Uxanda aniqlangan koronavirus shtammiga qiyoslaganda, 41 barobar ko`p antitanachalar hosil qilishi zarur.

"Kasallikning emlanmagan, immuniteti past hamda vaksina olganiga uzoq vaqt bo`lgan odamlarga yuqish xavfi yuqori", deydi olim.

    Boshqa yangiliklar