Ular o`rtasida janjal kelib chiqqan va ushbu talabalarni ajratish uchun ikkala tarafdan ham boshqa talabalar kelib, janjallashayotgan talabalar ajratilgan.
Mazkur holat yuzasidan Termiz davlat universiteti ma`muriyati tomonidan ushbu talabalarga nisbatan qonuniy chora ko`rish uchun Termiz shahar IIBga xabar berilgan.
Hozirda Termiz shahar IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi mas`ul xodimlari tomonidan tergovga qadar teshiruv olib bormoqda.






