"Uzbekistan Airways" Istanbulga ikki tomonlama aviaqatnovlar uchun joriy yilning 10 dekabrgacha bepul bagaj tashish uchun maxsus aksiyani uzaytirgani haqida xabar berdi.
"2021-yil 25 dekabrgacha bo`lgan aviaqatnovlarda bagaj, chiptada ko`rsatilgan me`yordan qat`iy nazar hech qanday qo`shimcha to`lovsiz qabul qilinadi:
- Toshkent-Istanbul-Toshkent va Urganch-Istanbul-Urganch yo`nalishi bo`yicha barcha qatnovlar uchun ekonom klassda 40 kg gacha va biznes-klass 50 kg gacha bepul bagaj.
- Farg`ona-Istanbul-Farg`ona va Samarqand-Istanbul-Samarqand yo`nalishidagi barcha qatnovlar uchun ekonom klassda 35 kg gacha bepul bagaj" deyiladi xabarda.






