Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti bilan hamkorlikda o`tkazilgan “Konstitusiya – mening nigohimda” onlayn-tanlovi yakunlandi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuniga bag`ishlangan ushbu tanlovga navqiron ishtirokchilar 700 dan ziyod ijodiy ishlarini taqdim etdi.
Tanlov yakunlari bo`yicha quyidagilar sovrindorlar sifatida e`tirof etildi:
Birinchi o`rin – Saidkomil Komiljonov, Namangan viloyati, Davlatobod tumani, 58-umumiy o`rta ta`lim maktabining 7-sinf o`quvchisi;
Ikkinchi o`rin – Rajabbek Isxonbekov, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, 32-umumiy o`rta ta`lim maktabining 3-sinf o`quvchisi;
Uchinchi o`rin – Ulbosin Mambetmuratova, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahar 38-umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-sinf o`quvchisi.
Tanlov g`oliblari sertifikat va qimmatli sovg`alar, jumladan, planshet, telefon, smart-soatlar bilan taqdirlandi.
Musobaqada faol ishtirok etgan o`quvchi-yoshlar ham sertifikat va kitoblar to`plami sohiblariga aylandilar.
“Konstitusiya – mening nigohimda” onlayn-tanlovi yoshlarning Asosiy qonunimiz mazmun-mohiyatidan yaxshi xabardor ekanini ko`rsatdi. Eng muhimi, navqiron avlod vakillarining huquqiy bilimlarini oshirish va bu boradagi ko`nikmalarini rivojlantirish istagi kuchli ekani yaqqol namoyon bo`ldi.
Inson huquqlari bo`yicha
O`zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati