"Gidromet" markaz xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi.
Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatining ba`zi joylarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-11° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 9-11° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliq bo`ladi.






