Qo`yliq dehqon bozori va ulgurji savdo bozori buzilishidan norozi tadbirkorlar yo`lni to`sib qo`ygani videosi tarqalgan edi.
Norozilik bildirganlardan 5 nafari ma`muriy qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati Kun.uz’ga ma`lumot bergan.
Shundan so`ng, vaziyat ichki ishlar xodimlari aralashuvi bilan bartaraf etilgan va yo`lni to`sgan fuqarolardan bir qanchasi qamoqqa olingan.
Ularga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.






