AsosiyDunyo

AQShda tornadodan jabr ko`rgan aholiga moddiy yordam ko`rsatiladi

'AQShda  tornadodan jabr ko`rgan aholiga moddiy yordam ko`rsatiladi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatning tornadodan eng ko`p zarar ko`rgan hududlariga zudlik bilan federal yordam yuborishni ma`lum qildi. Bu haqda Oq uy ma`lum qildi

“Prezident ushbu tornadoning halokatli oqibatlaridan aziyat chekayotgan hududlarga zudlik bilan federal resurslarni ajratishni buyurdi. Zararni baholash ishlari davom etmoqda”, - deyiladi Oq uy xabar berishicha.

Ma`lum bo`lishicha, Bayden Kentukki shtatida favqulodda holat e`lon qildi. U hududda uylari vayron bo`lgan yoki shikastlanganlarga vaqtinchalik uy-joy berish bo`yicha alohida topshiriq bergan. 

O`z navbatida shtat gubernatori Endi Besharning aytishicha, shtatda tornado tufayli kamida 70 kishi halok bo`lgan. Qurbonlar soni kun oxirigacha 100 nafarga etishi ham mumkinligini qo`shimcha qildi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar