AsosiyJamiyat

Buxoroda ilk bor buyrak transplantasiyasi amaliyoti o`tkazildi

'Buxoroda ilk bor buyrak transplantasiyasi amaliyoti o`tkazildi'ning rasmi

Buxoro viloyatidagi ko`p tarmoqli tibbiyot markazida ilk marta 43 yoshli erkakda buyrak transplantasiyasi amalga oshirildi. 

O`zAning yozishicha,tibbiyot markazida ko`plab murakkab turdagi jarrohlik amaliyotlarini o`tkazish yo`lga qo`yilgan, biroq buyrak transplantasiyasi birinchi marotaba respublikaning etakchi mutaxassilari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

"O`zida mazkur murakkab jarrohlik amaliyotini o`tkazishga rozilik bildirgan birinchi bemor 43 yoshli Faxriddin Bafoev bo`ldi", – deydi markaz direktori Abdurahmon Norov.

 Ta`kidlanishicha, u bemor necha yildan buyon buyrak etishmovchiligi bilan davolanib keladi. Buyrak ko`chirish uchun xorijga chiqishga imkoni bo`lmagani sabab O`zbekistonda yo`lga qo`yilgan amaliyotga rozilik bildirgan. 

Ma`lumotga ko`ra, Faxriddin Bafoevga o`zining singlisi donorlik qilgan. 

    Boshqa yangiliklar