AsosiyJamiyat

Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurashishda kamchilikka yo`l qo`ygan mansabdorlarga chora ko`rildi

'Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurashishda kamchilikka yo`l qo`ygan mansabdorlarga chora ko`rildi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB boshlig`i joriy yilning 11 oylik ish natijalari bo`yicha tanqidiy yig`ilish o`tkazdi.

Yig`ilishda poytaxt ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, deya ma`lum qiladi poytaxt IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, bevosita xodimlarning tashabbusi bilan 5 644 ta jinoyatlar, ulardan 1 375 tasi giyohvandlik va psixotrop vositalarining noqonuniy savdosi bilan bog`liq jinoyatlar aniqlangan bo`lib, unda 122 kg. 756 gramm. giyohvandlik va 108 ming 550 dona kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining tarqalib ketishining oldi olingan. 12 544 ta jinoyatlar fosh etilgan, ulardan 171 tasi o`tgan yillarda sodir etilgan jinoyatlar bo`lgan. Shuningdek, 822 nafar qidiruvdagi jinoyatchilar ushlanib, jazo muqarrarligi ta`minlangan.

Jumladan, yig`ilish davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda qator kamchiliklarga yo`l qo`ygani uchun bir qanchamansabdorlarga chora ko`rilgan.

Xususan, Chilonzor tumani IIO FMB boshlig`ining birinchi o`rinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`yicha o`rinbosari, shuningdek, Yangihayot va Shayxontohur tumanlari IIO FMB boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`yicha o`rinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Sergeli tumani IIO FMB boshlig`i, uning birinchi o`rinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`yicha hamda jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosarlari intizomiy jazoga tortilgan.

"Shu bilan bir qatorda, tumanda ijobiy ko`rsatgichlarga erishgan va namunaviy xizmat olib borayotgan Mirzo Ulug`bek va Yashnobod tumanlari IIO FMB boshliqlariga tashakkur ham e`lon qilindi",-deya ta`kidlanadi xabarda.

    Boshqa yangiliklar