AsosiyJamiyat

150 ta holatda iste`molchilar manfaatlariga putur etgan — Antimonopoliya qo`mitasi

'150 ta holatda iste`molchilar manfaatlariga putur etgan — Antimonopoliya qo`mitasi'ning rasmi

Kommunal xizmatlari, tabiiy gaz va elektr ta`minoti sohasida iste`molchilar bilan tuziladigan shatnomalar qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilmasligi, buning oqibatida asossiz qarzdorliklar hisoblanayotganligi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir, deydi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi.  Qayd etilishicha, ushbu korxonalar tabiiy monopoliya sub`ektlari hisoblanadi.

Antimonopoliya qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 sentyabrdagi “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi  Farmoniga asosan tabiiy monopoliya sub`ektlari tomonidan ishlab chiqilgan katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan kommunal xizmat ko`rsatish, energiya ta`minoti sohasida ommaviy shartnomalar o`rganish boshlandi.

O`RGANISh NATIJALARI NIMANI KO`RSATADI?

Ta`kidlanishicha, bugungi kunga qadar Qo`mita tomonidan tabiiy monopoliya sub`ektlarining 250 dan ortiq shartnomalar o`rganildi. O`rganish natijalari shuni ko`rsatdiki, 150 ta holat (shundan 45% gaz ta`minoti, 15% elektr energiya ta`minoti, 15% issiqlik energiyasi ta`minoti, 15%  suv ta`minoti va  10% boshqa sohalarga tegishli) iste`molchilarning manfaatlariga va monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga zid ekanligi aniqlangan.

Buni bartaraf etish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar  berilgan.

Shu o`rinda, O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi faol iste`molchilarni muammolarni aniqlashda  bevosita ishtirok etishga taklif qilmoqda.

 "Takliflar bilan 71 207 47 00 raqamiga murojaat qilishingiz yoki info@antimon.gov.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin."-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar