AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida “Diplomatlar bog`i” tashkil etildi

'Toshkent viloyatida “Diplomatlar bog`i” tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan “Yashil makon” milliy dasturini amalga oshirish doirasida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” tog`-chang`i majmuasi hududida “Diplomatlar bog`i”ni tashkil etish masalasi ishlab chiqildi.

2021 yilning 10 dekabr kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati, xorijiy davlatlarning Toshkent shahrida akkreditasiyadan o`tgan diplomatik muassasalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida ko`chat o`tqazish marosimi bo`lib o`tdi.

Tadbirda xorijlik ishtirokchilar tomonidan O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilishni kuchaytirish, biologik xilma-xillikni saqlash va yashil hududlarni ko`paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak baholandi.

    Boshqa yangiliklar