Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning yangi shtammi “omikron” yuqtirgan bemorlar orasida o`lim holati yuz berganini ma`lum qildi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
“Afsuski, ha, “omikron” tufayli dastlabki o`lim holati qayd etildi”, - dedi Jonson.
Manbada aytilishicha, Buyuk Britaniyada hozirda koronavirusning ushbu shtammini yuqtirib olgan 10ga yaqin inson shifoxonada davolanmoqda.
Ma`lumot uchun, “omikron” shtammi noyabrda Janubiy Afrikada aniqlangan bo`lib, keyinchalik kasallik dunyoning 60dan ortiq mamlakatlarida ham qayd etilgan.