Bir muddat avval, tinimsiz qor yog`ishi oqibatida yo`lning yuza qismida muzlamalar xosil bo`lganligi bois, "Taxtaqoracha" dovoni avtomobillar harakati uchun yopilgan edi.
Qayd etilishicha, vaqtincha yopilgan dovon bugun ertalab avtomobillar harakati uchun ochib qo`yildi.
"Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tegishli tashkilotlarning xodimlari tomonidan olib borilgan zururiy tadbirlar natijasida soat 08:20 da "Taxtaqoracha" dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi",-deya bu haqda xabar bermoqda O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.