AsosiySport

O`FA va O`zPFL “UZ Football Awards” o`tkazadi. Unda yilning eng yaxshilari taqdirlanadi

'O`FA va O`zPFL “UZ Football Awards” o`tkazadi. Unda yilning eng yaxshilari taqdirlanadi'ning rasmi

Mamlakatimizda 2021 yilgi futbol mavsumi o`z nihoyasiga etib bormoqda. Barcha rasmiy musobaqalar yakunlanib, yil sarhisobini amalga oshiradigan payt ham borgan sayin yaqinlashmoqda.

Yil davomida o`zini har jihatdan namoyish etgan holda futbolimiz jamoatchiligi e`tirofiga sazovor bo`lgan futbolchi, futzalchi, murabbiy hamda yana ko`plab futbol jonkuyarlarini taqdirlash maqsadida O`FA hamda O`zPFL mavsum yakunlariga bag`ishlab Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – “UZ Football Awards” tadbirini o`tkazadi" - deb xabar berdi O`FA rasmiy sayti.

"Ortda qolayotgan yil hech shubhasiz o`zbek futboli tarixida o`z izini qoldiradi. 2021 yil mobaynida turli yoshdagi terma jamoalarimiz, shuningdek yurtimiz sha`nini xalqaro maydonda himoya qilgan klublarimiz ko`plab yodda qolarli uchrashuvlarni o`tkazishdi, Coca-Cola Superliga, mamlakat kubogi va boshqa ko`plab ichki musobaqalarimiz juda shiddatli va murosasiz o`yinlarga boy bo`lgani hamda kurash oxirgi turlarga qadar davom etgani bilan uzoq vaqt xotiramizda qoladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar