AsosiySport

IBF bokschilarning yangilangan reytingini e`lon qildi. O`zbekistonlik bokschilarning o`rni qanday?

'IBF bokschilarning yangilangan reytingini e`lon qildi. O`zbekistonlik bokschilarning o`rni qanday?'ning rasmi

Xalqaro boks federasiyasi IBF bokschilarning yangilangan reytingini e`lon qildi

Unga ko`ra birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev (10-0) chempion sifatida qayd etilgan. “Mj Kaka” shuningdek, WBA yo`nalishi chempioni ham hisoblanadi.  

Yarimo`rta vazn (-66,6 kg) toifasida ringga ko`tariladigan Qudratillo Abduqahhorov (18-1) esa 1-pog`onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun rasmiy da`vogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari amerikalik Errol Spensga tegishli. Bir necha kun avval Abduqahhorov kanadalik Kodi Krovliga qarshi to`qnashuvda ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berib qo`ygan edi.

Super engil vazn toifasida (-63,5 kg) esa Shohjahon Ergashev (21-0) to`rtinchi pog`onada joylashgan. Shuningdek, ushbu vaznda Shahram G`iyosov (11-0) 11-pog`onani egallab turibdi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar