To`lov-kontrakt mablag`larini to`lash muddati 2021 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 15 dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-o`quv yilida oliy ta`lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to`lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar, o`qishi ko`chirilgan (ko`chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o`qishi uchun to`lov haqini o`tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so`nggi muddati 2021 yilning 31 dekabri etib belgilandi.