“Barselona” tez orada yangi titul homiy topish istagida bir nechta yirik kompaniyalar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, yirik kriptovalyuta birjalari – “Binance” va “FTX” jamoaning yangi titul homiysi bo`lishi mumkin. O`z navbatida kataloniyaliklar “Rakuten” bilan ham muzokara o`tkazmoqda. Bu orqali “Barsa” yiliga 60 mln evro foyda olishni maqsad qilmoqda.
Ma`lumot uchun, “Barselona”ning “Rakuten” bilan shartnomasi 2022 yilning yozida o`z nihoyasiga etadi.