2021 yil aprel-may oyida 28 yoshli S.N. o`zganing mulkini firibgarlik yo`li bilan talon-toroj qilish maqsadida, 57 yoshli K.G. va 53 yoshli Y.B.ning ishonchiga kirib, ularga arzon narxda maishiy texnika olib berishini va`da qiladi va bunga plastik kartaning o`zi kifoya ekanligini aytib, ularning PKda mavjud bo`lgan jami 33 mln so`m pulni o`z ehtiyojiga ishlatib yuboradi.
Bundan tashqari, S.N. oson daromad olishdagi rejasini davom ettirib, 31 yoshli R.E.ning ishonchiga kirish orqali uning ham bank kartasida bo`lgan 42 mln 200 ming so`mni ham naqd pulga almashtirib berishini aytib, u pulni ham o`z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.
Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, S.N. ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.






