AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Seuldagi milliy qabristonga tashrif buyurib, koreyalik vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko`rsatdi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoev 17 dekabr kuni Seuldagi milliy qabristonga tashrif buyurib, ma...

'Shavkat Mirziyoev Seuldagi milliy qabristonga tashrif buyurib, koreyalik vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko`rsatdi (foto)'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 17 dekabr kuni Seuldagi milliy qabristonga tashrif buyurib, marhumlar xotirasiga ehtirom ko`rsatdi. 

Bu erda Koreya mustaqilligi uchun kurashgan hamda urushlarda halok bo`lgan insonlar, mamlakat rivojiga katta hissa qo`shgan davlat va jamoat arboblari dafn etilgan. Shu bois u tabarruk qadamjo sifatida e`zozlanadi. Xorijiy davlatlar rahbarlarining bu erga kelishi koreys xalqiga hurmat ifodasi hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoev rafiqasi hamrohligida mazkur qabristondagi yodgorlik poyiga gulchambar qo`ydi va esdalik bitigi qoldirdi. Bu bitik majmua muzeyidan joy oladi.

Davlatimiz rahbari Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.

Boshqa yangiliklar