AsosiyJamiyat

"Qo`yliq" bozorini ko`chirish bo`yicha shahar hokimi qarori chiqmagan — Senat

'"Qo`yliq" bozorini ko`chirish bo`yicha shahar hokimi qarori chiqmagan — Senat'ning rasmi

Bu haqda ayni paytda bo`lib o`tayotgan Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi yakunlari yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri.

"Biz bu bo`yicha joyiga chiqib o`rgandik. "Qo`yliq"ni ko`chirish bo`yicha shahar hokimi qarori chiqmagan, hozirda bozorning ko`chishi haqida hech qanaqa gap-so`z yo`q. O`sha erdagi odamlarning, bozorchilarning tashviqoti bu. Bektemir tumani hokimi va boshqa tuman hokimi bilan kelishilgandan keyin yakuniy qarorni aytamiz. Hozirda, bozorni ko`chishi haqida hech qanday gap yo`q", - deya izoh berdi senator Tolibjon Madumarov. 

Eslatib o`tamiz, avvalroq, "Qo`yliq" bozori boshqa joyga ko`chirilishi haqida xabar qilingan edi. Sotuvchilardan bozorni bo`shatish haqida imzo qo`ydirib olinayotgani va ogohlantirish xati tarqatilayotgani  aytilgan bo`lsa-da, biroq, "Qo`yliq" ma`muriyati bozor buzilishi yoki ko`chishi haqidagi xabarlarni rad etgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar