AsosiyJamiyat

Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olib berish uchun 650 000 so`m talab qilgan shaxs qo`lga olindi

'Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olib berish uchun 650 000 so`m talab qilgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, Kogon tumani B.Naqshband mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan R.R. ismli shaxs o`zga bir fuqaroni aldagani ma`lum bo`ldi

Ma`lum bo`lishicha, unga vakolatli tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qilib, evaziga 650.000 so`m pora berishga dalolat qilib, kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar