AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda ayol erini pichoqlab o`ldirib qo`ydi

'Qashqadaryoda ayol erini pichoqlab o`ldirib qo`ydi'ning rasmi

2021 yilning 5 dekabr kuni soat 18:00larda Qashqadaryo viloyati Koson tumani "Qorabayir" MFYda yashovchi E.J mast holatda turmush o`rtog`i M.Xni haqoratlab, urib-tepib, tomog`idan bo`qqan. 

Ma`lum qilishicha, voqea jarayonida chorasiz qolgan ayol erini qo`lidan chiqa olmasligini bilgach, yonidagi supadagi savat ustida turgan oshxona pichog`ini olib, turmush o`rtog`ining chap qo`ltiq osti sohasiga bir marta sanchib oladi. Natijada, E.J olgan og`ir tan jarohati tufayli vafot etgan. 

Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko`ra, hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan M.X.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar