AsosiyJinoyat

Toshkentda bank xodimlarining yordami bilan qalbaki pul yasovchilar oson fosh etildi

'Toshkentda bank xodimlarining yordami bilan qalbaki pul yasovchilar oson fosh etildi'ning rasmi

Toshkent shahridagi banklardan birining xodimlari kechki inkassasiya va ekspertiza davomida 2 evrolik 2.470 dona jami 4.940 evro qiymatidagi qalbaki tangalarni aniqladilar. Bank ishchilari darhol Toshkent shahar IIBBga ariza bilan murojaat qildilar.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 41 yoshli M.B. 59.280.000 so`mga valyuta operasiyalarini amalga oshirganini aniqladilar. Qalbaki tangalarni 31 yoshli J.M.dan xarid qilgani ma`lum bo`ldi.

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bo`yicha (“Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish”) jinoyat ishi qo`zg`atildi. Eslatib o`tamiz, ushbu jinoyat uchun besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahmur etish nazarda tutilgan.

Boshqa yangiliklar