Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi "omikron" bilan kasallanganlar soni ko`payib bormoqda. Oxirgi sutkada mamlakatda 10059ta holat aniqlangan. Bu haqda Birlashgan Qirollik sog`liqni saqlash xavfsizligi agentligi xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Buyuk Britaniyada “omikron” shtammi bilan bog`liq ettita o`lim holati ham kuzatilgan. O`lim holatlarining barchasi Angliyada sodir bo`lgan.
Bugungi kunga kelib Buyuk Britaniyada “omikron” yuqtirganlar soni 24968 nafarga etdi. 13 dekabrda bu ko`rsatkich 4713 nafarni tashkil etgandi.
Umuman olganda, Britaniyada koronavirus pandemiyasi davrida 11 milliondan ortiq kishida infeksiya holati aniqlangan bo`lib, ulardan 147 mingdan ziyodi o`lim bilan yakunlangan.