Ispaniya chempionatining 18-turida "Barselona" o`z maydonida "Elche"ni qabul qildi. Uchrashuv 3:2 hisobida kataloniyalik futbolchilarning g`alabasi bilan yakunlandi.
Mazkur o`yinda Xavi asosan yoshlarga imkoniyat berdi. Natijada, klub safidagi gollarni aynan yoshlar kiritishdi.
Mazkur g`alabadan so`ng "Barselona" ochkolarini 27taga etkazib, 7-o`ringa chiqib oldi.
La Liga. 18-tur.
Barselona — Elche 3:2
Gollar: Yutgla (16), Gavi (19), Niko (85) — Morente (62), Milya (63).
"Barselona" — ter Stegen, Arauxo, Garsiya, Langle, Alba, de Yong (Puch, 76), Buskets, Gavi, Dembele, Ezzalzuli (Balde, 89), Yutgla (Niko, 72).