AsosiyJamiyat

Yangierda chin etim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning 3 nafari uyli bo`ldi

'Yangierda chin etim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning 3 nafari uyli bo`ldi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari topshirig`i, hukumat qaroriga ko`ra chin etim yoki ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga turar joylar berish amaliyoti doirasida Sirdaryoda ham ijobiy ishlar olib borilmoqda. Bunday toifadagi yoshlarga 18 yoshga to`lganida ko`p kvartirali uylardan bir xonali, agarda oila qurgan bo`lsa, ikki xonali kvartira ajratish ko`zda tutilgan.

Yangier shahrida shunday yoshlardan uch nafariga xonadon kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

«Har kim o`z shaxsiy uyi bo`lishini xohlaydi. Bolalar uyida tarbiyalangan vaqtimizda buni orzu qilardik. Orzularimizni  amalga oshirgan Prezidentimizga mingdan-ming rahmat! Bu otalarcha mehrni Vatanimizga xizmatimiz bilan qaytaramiz!»


 

    Boshqa yangiliklar