Baliqchilikni rivojlantirish yuzasidan yig`ilishi davom etmoqda.
Prezident kelgusi yilda baliq etishtirish hajmi 600 ming tonnaga etkazilishi shartligini alohida ta`kidladi.
Buning uchun:
- Sharof Rashidov tumani tajribasi asosida kelgusi yilda 10 mingta xonadonda intensiv baliq etishtirish yo`lga qo`yiladi;
- xonadonlarda kooperasiya asosida yiliga 80 tonnadan ortiq baliq etishtirgan klasterlar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etiladi;
- uyida baliq etishtiruvchilar uchun “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kredit miqdori 2 barobarga oshiriladi va kelgusi yilda 400 milliard so`m yo`naltiriladi;
- baliq etishtiruvchi xonadon egalari uchun er va mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilib, ular o`zini o`zi band qilgan aholi toifasiga o`tkaziladi;
- xorijdan mutaxassis olib kelgan baliqchilik klasterlariga xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi.