Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar ko`chalarini suv bosgani tasvirlangan videolar tarqaldi.
Videoda shaharda «Lola» bozori va Namangan davlat universiteti oldini suv bosganini ko`rish mumkin.
Holat yuzasidan rasmiylar izoh berdi:
"Mazkur holat 19 dekabardan 20 dekabrga o`tar kechasi Namangan shahrida yoqqan kuchli yog`ingarchilik sababli shaharning Bobirshox va Uychi ko`chasi hamda Eshobod xududida yo`l chetidagi beton ariqlarda suv to`planishi natijasida avtomabil qatnov yo`lining bir qismiga suv to`planish xolati kuzatilgan. Tonggi soat 6:30 atrofida Obodonlashtirish boshqamrasi Irrigasiya bo`limi ishchi xodimlari tomonidan xolat shu kuni 9:00 larda bartaraf etilishiga erishilgan" deb xabar bermoqda muxbirimiz Umida Qo`shoqova.






