AsosiyJamiyat

Farg`onada fuqarolarga har bir kilogramm ozigani uchun 500 ming so`mdan pul beriladi

'Farg`onada fuqarolarga har bir kilogramm ozigani uchun 500 ming so`mdan pul beriladi'ning rasmi

Bugun bo`lib o`tgan Xalq deputatlari Farg`ona viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg`ona ahliga murojaatida sog`lom turshush tarzini targ`ib qilish masalasiga alohida to`xtaldi.

Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasalliklarning 50-55 foizining kelib chiqishiga sog`lom turmush tarziga rioya qilmaslik, ortiqcha vazn, noto`g`ri ovqatlanish, harakatsizlik sabab ekaniga e`tibor qaratgan viloyat hokimi, ortiqcha vazn muammosi respublikamizda ham sog`liqni saqlash tizimida jiddiy oqibatlarni yuzaga keltirayotgani, ko`plab kasalliklarning kelib chiqishida asosiy sabab bo`layotganidan kelib chiqib, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilishda “Farg`ona tajribasi” yo`lga qo`yilishini ma`lum qildi.

Bunda viloyatda yashovchi me`yordan ortiqcha vaznga ega fuqarolar, maxsus dastur doirasida ro`yxatdan o`tib, ortiqcha vaznni yo`qotishga erishsalar, har bir kilogram ozish uchun 500 ming so`m miqdorida pul beriladi. Barcha ijro organlari bu tajribani ommalashtirish bo`yicha ish olib boradilar.

Bu borada maxsus nizom ishlab chiqiladi. Dasturda ishtirok etish istagida bo`lgan fuqarolar yashash joyi bo`yicha poliklinikada vaznni tortirib, qayddan o`tishlari kerak bo`ladi. Olti oydan so`ngra takroriy ko`rik o`tkaziladi, bir yil davomida qayd etilgan natijaga ko`ra, eng kamida 5 kg vazn yo`qotishga erisha olgan fuqarolarga to`lov amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar