Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chirchiq shahar bo`limlari tomonidan o`tkazildi.
Ma`lum bo`lishicha, mazkur tezkor tadbirda, fuqarolar E.J. va boshqalar oldinlan til biriktirib, xaridor Sh.ga 2 880 dona “Britanik” hamda 140 dona “Zolotoy pesok” nomli pirotexnika buyumlarini 18,5 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.