1

Qashqadaryolik mast erkak xotinini urib o`ldirdi

Jinoyat 21.12.2021, 13:21
Qashqadaryolik mast erkak xotinini urib o`ldirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Daxshat, ayol vaxshiylarcha o`ldirildi" sarlavhali xabarlar tarqalgan. Qashqadaryo viloyati prokuraturasining aniqlanishicha, 2021 yil 21 oktyabr kuni Yakkabog` tumani, “Uyg`ur” mahallasida yashovchi fuqaro U.E. mast holatda turmush o`rtog`i G.X. bilan o`zaro janjallashib, uni bir necha bor urib, tan jarohati etkazganligi oqibatda G.X. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 22 oktyabr kuni Yakkabog` tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha U.E.ga Jinoyat kodeksining  97-moddasi bilan ayb e`lon qilinib, "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan Yakkabog` tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari ustidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o`rnatilgan. Videolavhada keltirilgan vajlarga tergov harakatlari davomida baho berilishi ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1