AsosiyJamiyat

"Mening orzularim va hayotimni o`g`irlagan inson ismi..." Pedagogika universitetidagi “zamdekan mashmashasi”ning asosiy ishtirokchisi “Toshkent yoshlar forumi–2021”da so`zga chiqdi

'"Mening orzularim va hayotimni o`g`irlagan inson ismi..."  Pedagogika universitetidagi “zamdekan mashmashasi”ning asosiy ishtirokchisi “Toshkent yoshlar forumi–2021”da so`zga chiqdi'ning rasmi

Bugun “Toshkent yoshlar forumi–2021” doirasida "Ayollar forumi" bo`lib o`tdi. Forumda Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetida sodir bo`lgan “zamdekan mashmashasi”ning asosiy ishtirokchisi Mushtariy Kamilova nutq so`zladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

Mushtariy Kamilova o`z chiqishida mazkur voqeaga keng to`xtalib, o`z orzulariga etishishida bu voqea to`g`anoq bo`lganini aytdi. U nutqi davomida ayblovni to`liq ikkinchi tomon ya`ni Pedagogika universiteti dekan o`rinbosariga yukladi.

“Do`stlarim, sevimli ishim, o`qishim va kelajak uchun katta rejalarim bor edi. Lekin 2021 yilning 18 oktyabr kuni sanoqli soniyalarda hammasini yo`qotdim. Mening orzularim va hayotimni o`g`irlagan inson ismi — Yuldashbek Bog`abaev. Mening universitetimda dekan o`rinbosari lavozimida ishlagan, mening nomusimga tegishga harakat qilib, so`ng derazadan uloqtirdi. O`sha paytda biron suyagim omon qolmagan deb o`yladim, og`riq shu qadar kuchli edi. Ba`zan, hozir uyg`onaman-u, barchasi oddiy tush bo`lib chiqadiganday tuyuladi”, – deydi u.

    Boshqa yangiliklar