Toshkentda bir hafta davomida o`tkazilgan "Kurash haftaligi" tadbirlariga "Komil Yusup" kurash klubi ochiq birinchiligi yakun yasab berdi.
Turizm va sport vazirligi bu haqda ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, haftalik doirasida o`tkazilgan musobaqada O`zbekistonning barcha hududlaridan kelgan 200 nafarga yaqin yosh polvonlar hamda Barchinoy izdoshlari gilamga chiqishgan. Tadbir avvalida zamonaviy kurash qoidalari asoschisi Komil Yusupovning o`zbek kurashini xalqaro maydonga olib chiqishiga bag`ishlangan videorolik ham namoyish etilgan.
"Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so`z olgan mutassadi tashkilot vakillari ham Komil Yusupovning o`zbek kurashi ravnaqiga qo`shgan hissasini alohida ta`kidlashdi. Taniqli san`atkorlar tomonidan yangragan kuy-qo`shiqlar esa yosh polvonlarga yanada kuch-g`ayrat bag`ishladi",-deydi vazirlik yig`ilishning madaniy jihatiga ham alohida to`xtalib.
Quyida esa yigitlar va qizlar o`rtasida o`tkazilgan musobaqa g`olib va sovrindorlari bilan tanishing:
O`g`il bolalar:
-27 kg vazn toifasida:
1. Amirullaev Akbar – Toshkent sh.,
2. Farhodov Imomiddin – Toshkent sh.,
3. Qo`ziev Sarvar – Navoiy viloyati,
3. Toshturdiev Ramziddin – Toshkent sh.,
-33 kg:
1. Jovliev Ibrohim – Toshkent sh.,
2. Ikromov Farrux – Jizzax viloyati,
3. Yuldashaliev Islomxo`ja – Toshkent sh.,
3. Bobojonov Murodilla – Jizzax viloyati,
-40 kg:
1. Toshpo`latov Barkamol – «Komil Yusup» kurash klubi,
2. Sharipov Mironshoh – Buxoro viloyati,
3. Shahobiddinov Nabijon – Andijon viloyati,
3. Egamberdiev Po`lat – Toshkent sh.,
+40 kg:
1. Aminov Sharof – Buxoro viloyati,
2. Juliev Asilbek – Qashqadaryo viloyati,
3. Xongeldiev Umar – Toshkent sh.,
3. Tukinov Jasur – Toshkent sh.
Qizlar
-32 kg:
1. Doniyorova Sabina – Toshkent sh.,
2. Abduhakimova Xurshida – Toshkent sh.,
3. Do`stqobilova Qibriyoxon – Qashqadaryo viloyati,
3. Usmonova Fotima – Farg`ona viloyati,
-38 kg:
1. Ro`zimurodova Mohira – Qashqadaryo viloyati,
2. Boymatova Mushtariy – Qashqadaryo viloyati,
3. Umrzoqova Fotima – Toshkent sh.






