AsosiySport

Ot sporti: 10 bosqichli “Uzbekistan Global Tour-2021” g`oliblari aniqlandi

'Ot sporti: 10 bosqichli “Uzbekistan Global Tour-2021” g`oliblari aniqlandi'ning rasmi

Ot sportining 10 bosqichdan iborat bo`lgan "Uzbekistan Global Tour-2021" musobaqasi bahslari yakuniga etdi. Yil davomida o`tkazilgan musobaqalar asosan Toshkent viloyati hududida tashkil etilib, ularda respublikamizning turli hududlaridan kelgan eng sara chavandozlar g`oliblik uchun bahs olib borishdi.

Turizm va sport vazirligining qayd etishicha, kuni kecha so`nggi bosqich bahslari nihoyasiga etgach, har bir yo`nalish bo`yicha to`plangan ballar sarhisob qilindi va g`oliblar aniqlandi. Quyida musobaqasning har bir yo`nalishi bo`yicha g`olib va sovrindorlar bilan tanishing:

«A» toifasi:

1. Nurjan Tuyakbaev ,

2. Timur Azizov,

«D» toifasi:

1. Bekzod Qurbonov,

2. Nurjan Tuyakbaev,

3. A`zam Tillaboev,

«B» toifasi:

1. Nurjan Tuyakbaev ,

2. Xurshidbek Alimjonov ,

3. Saidamirxon Turg`unboev.

Musobaqasining yakuniy g`oliblari:

«A» toifasi: Nurjan Tuyakbaev – 269 ball,

«B» toifasi: Nurjan Tuyakbaev – 229 ball,

«D» toifasi: Bekzod Qurbonov – 256 ball.

    Boshqa yangiliklar