AsosiyJamiyat

Ruxsat etilmagan "mayoqcha" o`rnatib, avtomobil boshqargan "shumaxer" haydovchiga chora ko`rildi

'Ruxsat etilmagan "mayoqcha" o`rnatib, avtomobil boshqargan "shumaxer" haydovchiga chora ko`rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomashinasiga "mayoqcha" o`rnatib, mashinani harakatlantirgan haydovchi aks etgan video tarqaldi. Ma`lumotga ko`ra, ushbu video IIB YHXB xodimlari tomonidan o`rganilib, haydovchiga tegishli chora ko`rilgan. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha,  "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi qoidalarni buzgan holda transport vositasiga ruxsat etilmagan mayoqcha va jihozlar o`rnatib mashina boshqargan.

Uning olgan videosi yuzasidan esa Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib,  "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi, 2001 yilda tug`ilgan N.S.ga nisbatan bayonnoma tuzilib, avtomobil jarima maydoniga qo`yilgan.

 Qayd etilishicha, ayni damda to`plangan hujjatlar O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismi tartibida o`rganib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Andijon shahar sudiga yuborish choralari ko`rilmoqda.

"Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz",-deya haydovchilarni ogohlikka chaqiradi YHXBB xabarida.

    Boshqa yangiliklar