AsosiyJamiyat

Sirdaryoda noqonuniy pirotexnika vositalarining aylanmasiga chek qo`yildi

'Sirdaryoda noqonuniy pirotexnika vositalarining aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

2021 yil 8 dekabr kuni Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi tezkor xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma`lumotlarga asosan, DXX Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi, Milliy Gvardiya hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahri hududida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida, oldindan tezkor kuzatuvga olingan O`zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtotransport vositasi Guliston shahri Ahillik ko`chasi hududiga kelib to`xtagan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushbu avtotransport vositasining saloni va yukxonasi belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganda xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo`lmagan 2 ta ho`jalik sumkalarga joylashtirilgan 5 turdan iborat jami 24 090 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar