"Oltin humo" milliy kinotanlovida "Eng yaxshi animasion film" nominasiyasi g`olibianiqlandi.
Unga ko`ra, "ASTIR ANIMATION STUDIO" kinostudiyasining "Avtosarguzashtlar" - 4 animasion filmi, rejissyor: Abdulatif Haydarov g`olib deb topildi.
"Eng yaxshi animasion film" nominasiyasi g`olibligi uchun da`vogarlar quyidagilar edi.
1. Multiplikasion filmlar studiyasining Charxpalak multto`plami "Kamalak" syujeti, rejissyor: Faniya Mutigullina.
2. "ASTIR ANIMATION STUDIO" kinostudiyasining "Avtosarguzashtlar" - 4 animasion filmi, rejissyor: Abdulatif Haydarov.
3. Multiplikasion filmlar studiyasining "Par yostiq" animasion filmi, rejissyor: Nozim To`laxodjaev
4. Multiplikasion filmlar studiyasining "Mittivoy" animasion filmi, rejissyor: Hamidulla Mahmudxojaev.
5. "Sinema servis" kinostudiyasining "Kenja botir" - 2 animasion filmi, rejissyor: Javlon Turdixo`jaev.