1

Toshkentdagi tungi klubda 16 yoshli qizning telefonini suratga tushirish bahonasida olib, o`g`irlab ketishdi

Jinoyat 23.12.2021, 15:08
Toshkentdagi tungi klubda 16 yoshli qizning telefonini suratga tushirish bahonasida olib, o`g`irlab ketishdi

Joriy yilning 20 dekabr kuni soat 20:30 larda 3 nafar shaxs  Toshkent shahar Olmazor tumani Sebzor dahasida joylashgan tungi klubda 16 yoshli A.I. tanishlari bilan o`tirgan joyga borib,  A.I.,ning “Iphone 12 Pro Max” rusumli telefonini suratga tushirish maqsadida olib, bir birlariga “qo`lma-ko`l” qilib telefonini qaytarib bermasdan, voqea joyidan yashirinishgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv vaqtida uch nafar noma`lum shaxslar aniqlanib, ular 17 yoshli U.M. (avval sudlangan), U.R., S.X.,lar ekanligi aniqlangan. “Iphone 12 Pro Max” rusumli telefon esa ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, U.M., U.R., S.X.,lar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilinganlar.

Tergov davom etmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1