AsosiyJamiyat

Bugun Chilonzor tumanidagi xonadonda yong`in sodir bo`ldi.

'Bugun Chilonzor tumanidagi xonadonda yong`in sodir bo`ldi.'ning rasmi

Bugun, 23-dekabr kuni soat 16:37 da Toshkent shahar Chilonzor tumani “Xonto`pi” MFY Diydor 5-tor ko`chasida joylashgan xonadonda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risda tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan. Bu haqda  FVV xabar bermoqda.

Shunga ko`ra, 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 16:39 da etib borib, yong`in soat 17:22 da qurshab olingan va soat 17:33 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida xonadonning taxminan 250-300 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.

Hozirda yong`inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.        

Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarn ing oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishni so`rab qoldi.

    Boshqa yangiliklar