1

Buxorolik ayolning plastik kartasidan pul echib olgan shaxs aniqlandi

Jinoyat 25.12.2021, 20:33
Teglar: Buxoro IIB
Buxorolik ayolning plastik kartasidan pul echib olgan shaxs aniqlandi

Buxoro tumani Ichki ishlar bo`limi tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, 2020 yilning 6 dekabr kuni noma`lum shaxs aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan o`zganing mol-mulkini qo`lga kiritish maqsadida, Buxoro tumani “Novmetan” mahallasida yashovchi, X.N. ismli ayolning “MEUZU” rusumli qo`l telefoniga internet tarmog`ining telegramm sahifasida yaratilgan “Agrobank” logotipi ostida “Siz Agrobank mijozi bo`lganligingiz uchun, sizga 2.000.000 so`m miqdorda yutuq chiqdi” degan xabarni yuborib, yutuqni olish uchun plastik karta raqamini so`ragan.

Shunda jabrlanuvchi X.N. yonida plastik kartasi bo`lmaganligi sababli hamkasbi Buxoro tumani "Novmetan" mahallasida yashovchi, 1967 yilda tug`ilgan A.N. ismli ayolga tegishli bo`lgan “Agrobank” tuman filiali tomonidan berilgan plastik karta raqami va maxfiy kodini berganidan so`ng, noma`lum shaxs ushbu plastik karta orqali 2.000.000 so`m miqdorda mikrokredit rasmiylashtirib, plastik karta hisobiga olingan ushbu pullarni echib olib firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo`limi tomonidan noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Yashnobod tumani "Nodirabegim" ko`chasida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan H.J. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning respublikamiz va viloyatimizning boshqa hududlarida xuddi shu turdagi sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Buxoro shahar hokimining xonadonida o`g`irlik sodir etilgani haqidagi xabarga oydinlik kiritildi

10.01.2022, 20:51

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirovning xonadonida joriy yilning 4 yanvar kuni o`g`irlik jinoyati sodir bo`lganligi hamda uning uyidan noma`lum shaxslar tomonidan 200 ming...
Buxoroda 42 yoshli erkak o`z o`g`lini pichoqlab o`ldirdi

04.01.2022, 23:44

2021 yilning 30 dekabr kuni soat 18:30 larda, G`ijduvon tumani Denov mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan S.Z. spirtli ichimlik iste`mol qilgan mast holatda, o`zining yashash...
Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olib berish uchun 650 000 so`m talab qilgan shaxs qo`lga olindi

18.12.2021, 12:55

Buxoro viloyati bo`yicha bo`limi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, Kogon tumani B.Naqshband mahallasida yashovchi, 1987...
O`z qudasining ishqiy maktublarini oshkor qilmaslik evaziga undan 22 ming dollar talab qilgan fuqaro qo`lga olindi

13.11.2021, 17:18

2021 yil 9 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi IIVga M.Sh. va uning opasi M.N. ariza bilan murojaat qilib, arizada Sh.M. boshqa shaxs bilan telegram orqali ishqiy...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1