1

Buxoroda Milliy gvardiya xodimi xizmat vaqtida qasddan mashina urib ketishi sabab vafot etdi

Jinoyat 27.12.2021, 08:30
Buxoroda Milliy gvardiya xodimi xizmat vaqtida qasddan mashina urib ketishi sabab vafot etdi

Buxoro viloyatida 20 dekabr kuni Milliy gvardiya xodimi xizmat vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Zamon.uz nashri xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Milliy gvardiya Qo`riqlash boshqarmasi safdor xodimlari H.A. va N.O. o`ziga biriktirilgan hududda xizmatga jalb qilingan. Ular 20 dekabr soat 05:15 atrofida Gazli Neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli "Qumli GTK mobil" yo`nalishinng 34—42-kilometridagi yo`nalishni qo`riqlash uchun "Niva" avtomobilida qo`riqlanadigan hududga boradi.

Xodimlar xizmat vaqtida yo`nalish quvurining taqiqlangan qismidan "UAZ"avtomashinasi harakatlanib kelayotganini ko`rgan va unga to`xtash ishorasini ko`rsatgan. Biroq haydovchi xodimlarning qonuniy talablariga bo`ysunmay harakatlanishda davom etgan va Milliy gvardiya safdorini avtomashinaning old qismi bilan qasddan urib yuborgan.

Qonunbuzar fuqaro qochib ketgan, xodim esa og`ir tan jarohati olib, voqea joyida halok bo`lgan.

Holat yuzasidan qasddan jinoyat sodir etgan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "g" (xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni qasddan o`ldirish) bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1