AsosiySport

Kapadze shogirdlari Turkiya jamoasini yirik hisobda mag`lubiyatga uchratdi

'Kapadze shogirdlari Turkiya jamoasini yirik hisobda mag`lubiyatga uchratdi'ning rasmi

Ma`lum qilganimizdek, ayni kunlarda Temur Kapadze boshchiligidagi futbol bo`yicha O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inini o`tkazmoqda. Bugun yoshlarimiz o`rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqishdi. Bu haqda Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Antalyaspor” klubining o`rinbosarlariga qarshi bahsda hamyurtlarimiz yirik hisobda ustun kelishdi. Jamoamiz safida gollarga Hojimat Erkinov, Husayn Norchaev, Abubakrizo Turdaliev, Eldor Begimov, Ruslan Jiyanov, Alisher Odilov mualliflik qildilar. Raqiblar esa bunga 2 bor javob qaytara olishdi. Yakuniy hisob – 6:2.

Boshqa yangiliklar