Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safida 159 ta, O`zbekiston milliy terma jamoasida 64 ta o`yin o`tkazgan Nikolay Shirshov 47 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Rossiyaning “Rostov” futbol klubi sayti.
O`zbekiston terma jamoasi libosida o`ynagan futbolchi faoliyati mobaynida 13 ta golga mualliflik qilgan edi.
Rossiyaga yo`l olgan futbolchi uzoq yillar “Rostov” jamoasida faoliyat ko`rsatdi. Shuningdek, Shirshov futbolchi sifatida Rossiyaning “SKA”, “Bataysk-2007”, “Taganrog”, “MITOS” klublarida ham o`ynagan.






