Ispaniyaning "Barselona" himoyachilari Dani Alves va Klemen Langle koronavirusga chalindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchilar uyda izolyasiya qilingan. Hozirda ikkisi ham o`zini yaxshi his qilayotgani aytilmoqda.
"Barselona" o`zining navbatdagi uchrashuvini 2 yanvar kuni o`tkazadi. Bu safar klub "Malorka"ga qarshi maydonga tushadi.