Amerika Qo`shma Shtatlarida koronavirus bilan bog`liq kasallik holatlari kundan-kunga ko`paymoqda. Bu xaqda The Hill xabar berdi.
Jumladan, Nyu-York shtatida COVID-19 bo`yicha yangi antirekord qayd etildi va bir kunda 67 ming holat kuzatildi. Bu esa bir necha kunga nisbatan 60 foizga ko`pdir.
Shtat gubernatori Keti Xokul aholini niqob taqishga, masofa saqlashga chaqirmoqda. Shuningdek, koronaavirusga qarshi emlashga qarshilik qilmaslikni so`ramoqda.
Oxirgi sutkada Nyu-Yorkda 97 kishi kasallik oqibatida vafot etgani ma`lum qilindi.