Polsha poytaxti Varshava shahrida blis shaxmat bo`yicha jahon chempionati o`z yakuniga etdi.
Mazkur musobaqada 4 nafar hamyurtimiz ishtirok etdi. Blis shaxmat bo`yicha Javohir Sindarov 13,5 ochko to`plagan holda 179 nafar shaxmatchilar orasida 8-o`rin bilan yakunladi. Shuningdek, u 14 ming AQSh dollari mukofat puliga ham sazovor bo`ldi.
Rapid yo`nalishi bo`yicha jahon chempioni nomiga sazovor bo`lgan Nodirbek Abdusattorov 12 ochko bilan 43-o`rinni egalladi.






