AsosiySport

Jahon chempionining so`rovi bilan Qashqadaryoda yangi sambo zali foydalanishga topshirildi

'Jahon chempionining so`rovi bilan Qashqadaryoda yangi sambo zali foydalanishga topshirildi'ning rasmi

Serbiyadagi jahon chempionati g`olibasi Musharraf Ibodullaeva 2020 yil so`nggida O`zbekiston Prezidentining Qashqadaryoga tashrifi chog`ida davlat rahbari bilan uchrashadi va Yakkabog` tumanida sambo zali qurilishini so`raydi. Turizm va sport vazirligining qayd etishicha,  Shavkat Mirziyoev o`sha erning o`zida mas`ullarga ushbu masala yuzasidan topshiriq bergan edi.

Ta`ikidlanishicha, ushbu topshiriq ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanida sambo bilan shug`ullanish uchun maxsus sport zali qurib bitkazildi.

"Kuni kecha mazkur zamonaviy sport zalining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ochilish marosimida jamoat arboblari, mahalliy hokimlik vakillari va sportchilar ishtirok etishdi.Endilikda yakkabog`lik samboga qiziquvchi yoshlarimiz mazkur sport zaliga kelib, sambo sir-asrorlarini o`rganishlari mumkin. Albatta kelajakda ushbu sport zalidan yangi Musharraf Ibodullaeva, Gulxayo Jo`raeva singari mahoratli sportchilar etishib chiqadi degan umiddamiz",-deydi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar