Yangi mavsumga o`z oldiga jiddiy maqsadlar qo`ygan “Navbahor” yangi yilning ilk kunidan boshlab, o`z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Gruziyalik tajribali hujumchi Elguja Grigalashvili jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
Grigalashvili 1989 yil, 30 dekabr kuni Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tug`ilgan, ya`ni, futbolchi kuni kecha 32 yoshga to`ldi.
Futbolchilik faoliyati davomida Gruziyaning “Merani” (Martvili, 2011-2012 yillar), “Dinamo” (Batumi, 2012 yil, 2016-2017 yillar), “Torpedo” (Kutaisi, 2012-2013 yillar), “Dinamo” (Tbilisi, 2013 yil), “Chixura” (Sachxere, 2014 yil), Kiprning “Otellos” (Afienu, 2014-2015, 2016-2017 yillar), “Pafos” (Pafos, 2015 yil), “Etnikos” (Axna, 2016 yil) klublarida o`ynagan.
Grigalashvili 2018-2021 yillarda yurtimizda, ya`ni, Navoiyning “Qizilqum” jamoasida to`p tepdi.






