AsosiyDunyo

Xitoyda poezd haydovchisiz boshqarish yo`lga qo`yildi

'Xitoyda poezd haydovchisiz boshqarish yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Yangi yil arafasida Pekin metropolitenining Yanshan-Fanshan yo`nalishidagi metro poezdi vagonlarini ajratib turgan qismlarni demontaj qilish ishlari yakunlandi.

Xitoyning etakchi gazetalaridan biri “Jenmin jibao”ning yozishicha, mashinist kabinasi olib tashlangan va erosti yo`li poezdini haydovchisiz boshqarish yo`lga qo`yilgan. Endilikda yo`lovchilar haydovchi kabinasidan turib yo`l atrofidagi  manzaralarni kuzatish imkoniga ega bo`ldi.

To`qqizta stansiyadan iborat 15 kilometrlik ushbu metro yo`nalishi 2017 yil 30 dekabrda ochilgan edi. “Yuqori malakali mutaxassislarning sa`y-harakati bilan metro poezdining avtomatik tarzda ishlashining mukammaligiga erishildi”, - deb yozadi Xitoy nashri. "Metro poezdining butun harakatlanish jarayoni inson omilisiz amalga oshiriladi."

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar