1

Hududlarda yuqori texnologik operasiyalar ulushi necha foizga etgani ma`lum qilindi

Jamiyat 01.01.2022, 14:56
Teglar: operasiya
Hududlarda yuqori texnologik operasiyalar ulushi necha foizga etgani ma`lum qilindi

2021 yilda ixtisoslashgan tibbiyot yo`nalishi ham isloh qilindi. Respublikamizdagi 23 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, ularning hududlardagi 268 ta filiali hamda tumanlardagi 310 ta bo`limlarida ilgari respublika darajasida amalga oshirilgan yuqori texnologik operasiyalarni viloyat va tuman darajasida o`tkazish yo`lga qo`yildi.

2020 yilda hududlardagi yuqori texnologik operasiyalar ulushi 55 foiz bo`lgan bo`lsa, 2021 yilda bu ko`rsatkich 60 foizga oshirildi.

Barcha viloyatlarda rentgenendovaskulyar jarrohlik va kardioxirurgiya bo`limlari tashkil etilib, ochiq yurakda operasiyalar bajarildi.

O`tgan yillar davomida yurtimizda 600 dan ortiq buyrak, jigar va o`zak hujayra operasiyalari muvaffaqiyatli o`tkazilishi natijasida fuqarolarimizning chet davlatlardagi klinikalarga chiqishi keskin kamaydi.

Namangan, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida buyrak transplantasiyasi amaliyotlarini o`tkazish yo`lga qo`yildi.

Telemedisina orqali murakkab jarrohlik amaliyotlarining translasiyalari soni 289 taga etkazildi.

Hududiy tibbiyot muassasalarida 604 ta yangi diagnostika hamda ilg`or davolash usuli amaliyotga tatbiq etildi.

Sharhlar

3-qavatdan tushib ketgan sirdaryolik talabaning ahvoli ma`lum qilindi

14.11.2019, 18:04

2019 yil 13 noyabr kuni taxminan soat 15:30lar atrofida Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti, “O`zbek tili va adabiyoti” yo`nalishi, 4-bosqich 49-16-guruh talabasi Yu.Qarshiboev universitet bosh...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1